Markem-Imaje — mahsulotlarni identifikatsiya qilish va kuzatish yechimlarining ishonchli xalqaro ishlab chiqaruvchisi.
Tarmoqqa ulanish imkoniyatiga ega yechimlarimiz ishlab chiqaruvchilarga chiqindilarni kamaytirish, samaradorlikni oshirish, shuningdek me'yoriy talablarga muvofiqlik va brend himoyasini ta'minlash imkonini beradi.
Biz bozordagi yetakchi markirovka va kodlash tizimlarining eng to'liq assortimentini, shuningdek dasturiy ta'minot, xizmatlar va sarf materiallarini taklif etamiz. Bu sizga chop etish uchun zarur bo'lgan hamma narsani bitta yetkazib beruvchidan osongina olish imkonini beradi.
O'n yillar davomida biz ilg'or texnologiyalarni joriy etish va samarali xizmat ko'rsatish orqali eng yaxshi markirovka imkoniyatlarini ta'minlab kelmoqdamiz. Markirovka uskunalari va dasturiy ta'minoti sohasidagi yetakchi texnologiyalar, shuningdek soha vakillari orasida eng keng global qamrov bizga mahalliy ishlab chiqaruvchilar va global korporatsiyalarning, oxirgi iste'molchilardan tizim integratorlarigacha bo'lgan har qanday ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi.
Markem-Imaje amerikaning Dover Corporation korporatsiyasining sho'ba kompaniyasi hisoblanadi.
Markem-Imaje afzalliklari
Rivojlanayotgan brendga ega tadbirkorlardan tortib butun dunyoda filiallari bo'lgan yirik firmalargacha barcha korxonalar majburiy me'yoriy talablarga rioya qilgan holda operatsiyalarni optimallashtirish va mijozlar mamnuniyatini oshirishga intiladi. Markem-Imaje kompaniyasining noyob markirovka yechimlari assortimenti sizga yanada puxta o'ylangan va integratsiyalashgan biznes-jarayonlarni amalga oshirish imkonini beradi.Sizga ma'lumotlarni boshqarish dasturlari, palletlarni kuzatish bo'yicha kompleks yechimlar, o'chmaydigan kodlar yoki oziq-ovqat mahsulotlari uchun siyoh kerakmi — ilg'or markirovka texnologiyalari sohasidagi boy tajribamiz qadoqlash liniyangizning maksimal samaradorligiga erishish, raqamli ta'minot zanjiringizni mustahkamlash va biznesingizning keyingi o'sishini ta'minlash imkonini beradi.
