Coca‑Cola O'zbekistonda.
«Coca‑Cola Ichimligi Uzbekiston, LTD» kompaniyasi O'zbekistonda 1993-yilda rasman ro'yxatdan o'tgan. Birinchi ishlab chiqarish korxonasi 1994-yil mart oyida Toshkent shahridagi Besh-Og'och massivida ochilgan. O'shanda sotuvga 0,25 litrli shisha butilkalardagi ichimliklar chiqarilgan. 1996-yil may oyida kompaniya Toshkent viloyatining Qibray tumanida yana bir quyish sexini ishga tushirdi. Bu yerda uchta ishlab chiqarish liniyasida Coca‑Cola, Fanta, Sprite va BonAqua ishlab chiqarilgan.
Shu yili ichimliklar 1,5 litrli plastik (PET) butilkalarga quyila boshlandi, bu mahsulotni hatto mamlakatning eng chekka hududlariga ham yetkazib berish imkonini berdi. 1997-yil fevralda Namangan shahrida yana bir zavod ishga tushirildi. 1997-yil iyunda esa Urganch shahrida to'rtinchi zavod ochildi. 1998-yil avgustda poytaxtda o'sha paytda Coca‑Cola kompaniyasining O'rta Osiyodagi eng yirik zavodi — Mega-zavod ochildi. Bugungi kunda mamlakat hududida Coca‑Cola ishlab chiqaradigan uchta zavod — Namangan, Urganch va Toshkentdagi Mega-zavod muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Coca‑Cola O'zbekistonda o'z mahsulotlarini buyurtmachilarga o'z yuk mashinalarida yetkazib bergan birinchi kompaniya bo'ldi va mahsulotdan butun mamlakat hududida foydalanish imkonini ta'minladi.