Bozordagi muvaffaqiyatimiz — kompaniyani boshqarishga kompleks yondashuv natijasi bo'lib, u kompaniya brendlariga nisbatan to'g'ri marketing siyosati, yuqori mahsulot sifati, yo'lga qo'yilgan sotuv kanallari, kompaniyaning innovatsion rivojlanishi, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, yangi mahsulotlarni ishlab chiqish va ilg'or texnologiyalardan foydalanishni o'z ichiga oladi.
«AGROMIR»ning muhim xususiyatlaridan biri — xomashyo tayyorlashdan tayyor mahsulotni sotishgacha bo'lgan texnologik jarayonning barcha bosqichlarini o'z ichiga olgan yopiq ishlab chiqarish sikli.
«AGROMIR» kompaniyalar guruhi — sog'lom ovqatlanish mahsulotlari va sabzavotlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va distribyutsiya qilish bilan bog'liq faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalar majmuasi. Mahsulotlarimiz assortimentiga suyultirilmagan sharbatlar va nektarlar, sharbat konsentratlari, meva va sabzavot pastalari va pyurelari, uzum-vino mahsulotlari, meva-sabzavot konservalari kiradi.
